Nashrning xabar berishicha, AQSh prezidenti Donald Trampning Florida shtatidagi Mar-a-Lago shaxsiy qarorgohi hududida zenit-raketa komplekslari joylashtirildi, Trampning o‘zi esa maxsus xizmatlarning xavfsizlikka tahdidlar ortgani haqidagi ogohlantirishi fonida bir nechta ommaviy saylovoldi tadbirlarini bekor qildi.
"AQSh Maxfiy xizmati yuqori darajadagi tahdidlar sharoitida ishlayapti va biz qo‘riqlanadigan shaxslarni himoya qilish uchun ilg‘or qurollar, texnologiyalar hamda usullarni joriy etgan holda xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha amaliyotlarni doimo moslashtirib bormoqdamiz", — dedi The Telegraph'ga AQShning birinchi shaxslari xavfsizligini ta’minlovchi idora vakili.
Shu haftada Tramp Ayova va Kanzas shtatlarida tayyorlanayotgan saylovoldi tadbirlarida demokratlarning jiddiy ta’siriga qaramay, ularni bekor qilishini va ularning o‘rniga telemarafonlar tashkil etilishini e’lon qilgan. Biroq kecha, 30 oktyabr kuni Oq uy prezident barbir yuzma-yuz tadbirlarni o‘tkazishga umid qilayotganini ma’lum qilgan. Trampning ish jadvali bilan tanish bo‘lgan The Telegraph manbasining aytishicha, ikkala miting ham yakshanba kuni bo‘lib o‘tadi.
Tahdidlarning yuqori darajasi fonida Mar-a-Lago atrofidagi havo hududi Maxfiy xizmatning so‘roviga binoan Trampning tashriflari vaqtida cheklanmoqda. Federal sud materiallariga ko‘ra, idora “nojo‘ya tahdidlar”, jumladan, terroristik tahdidlar haqidagi ma’lumotlar munosabati bilan havo hududini doimiy asosda yopishni rejalashtirmoqda.