Tramp bilan avval ham, ayniqsa doimiy oshib borayotgan davlat qarzi masalasida bahslashgan konservativ qarashdagi Respublikachilar partiyasi a’zolari bu va’zaga ayniqsa keskin munosabat bildirishdi.
Kentukki shtati vakili, respublikachilardan bo‘lgan Tomas Messi (bu yil Tramp tanqid qilganidan keyin partiya ichidagi praymerizda mag‘lub bo‘lgan) X ijtimoiy tarmog‘ida shunday yozdi:
💬 «Bilmadim, siz qanday o‘ylaysiz, lekin noyabr oyidagi saylovda mening ovozimni 5 ming dollarga sotib olish mumkin degan g‘oya, rostini aytsam, meni haqorat qiladi. Buning ustiga, bunday to‘lovlar olib kelishi mumkin bo‘lgan inflyasiyani ham hisobga olmay qo‘ya qolaylik. Barcha holatlarni hisobga olgan holda, aqli joyida inson sifatida men 10 ming dollardan kamiga rozi bo‘lmayman!»
Demokratlar esa Trampning so‘zlarini «quruq va’dalar» deb atashdi.
Yuristlarning fikricha, AQSh prezidenti bunday katta miqyosdagi to‘lovlarni o‘z farmoni bilan amalga oshirishi ehtimoli past.
Biroq Tramp payshanba kuni bu masala bo‘yicha Kongressdan ruxsat so‘ramasligini anglatdi.