Bugun 12 mart, 2025 yil, chorshanba

КИР

Trampning AQShda favqulodda holat joriy etish rejasi haqida ma’lum bo‘ldi

Trampning AQShda favqulodda holat joriy etish rejasi haqida ma’lum bo‘ldi

Amerikaning saylangan yetakchisi Donald Trampning jamoasi noqonuniy migrasiyaga qarshi kurashish maqsadida AQShda favqulodda holat e’lon qilishni tayyorlamoqda . Bu haqda Politico manbalarga tayanib xabar berdi .

“Tramp jamoasi favqulodda holat e’lon qilishga tayyorlanmoqda. Bu bo‘lajak prezidentning chegaralarni qo‘riqlash va millionlab noqonuniy muhojirlarni deportasiya qilish haqidagi va’dasini bajarish uchun qo‘shimcha vakolat va resurslarni taqdim etishga qaratilgan qadamdir”, — deyiladi materialda.

Nashrning yozishicha, yangi saylangan prezident jamoasi AQSh fuqaroligini tug‘ma huquqqa ega bo‘lish huquqini bekor qilish haqidagi farmonni ham tayyorlamoqda. Biroq, material mualliflarining ta’kidlashicha, Amerikaning yangi ma’muriyati "mumkin bo‘lgan huquqiy muammo, shuningdek, Respublikachilar partiyasi a’zolarining ushbu masala bo‘yicha noaniq fikrlari tufayli bu qadamni kechiktirishi mumkin ".

Kiritildi: 02:51 18.01.2025. O'qildi: 953 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!