Bugun 19 dekabr, 2024 yil, payshanba

КИР

Trampga yadro portfelini ishonib topshirishadimi?

Trampga yadro portfelini ishonib topshirishadimi?

1793 yilda AQShning to‘rtinchi prezidenti Jeyms Medison urush e’lon qilish vakolati AQSh Konstitusiyasida ko‘rsatilganidek, bir kishiga emas, balki Kongressga tegishli bo‘lishi kerakligini ta’kidladi. Biroq, Medisonning hayotidan ancha keyin ixtiro qilingan yadro quroli haqida gap ketganda, bu tamoyil amal qilmaydi.

AQSh qonunlariga ko‘ra, prezident Kongress roziligisiz urush e’lon qila olmaydi, lekin u harbiy harakatlarga ruxsat berishi mumkin. Ba’zi takliflar yadro qurolidan har qanday foydalanishni urush e’lon qilish bilan tenglashtiradi, bu Kongress roziligini talab qiladi.

Biroq, qizil tugmani bosish uchun yagona vakolat AQSh prezidentiga tegishli. Tramp zarba berishdan oldin Kongress bilan maslahatlashmasdan turib, mamlakat yadro arsenalini nazorat qila oladi.

1945 yilda Garri Trumanning yadroviy bombalardan foydalanish qarori bilan boshlangan ushbu bir tomonlama nazorat bunday kuch bilan bog‘liq xavf va mas’uliyat haqida davomli munozaralarni keltirib chiqardi.

New York Times (NYT) AQSh Kongressining 530 nafar a’zosi orasida yadroviy qurol siyosati haqidagi fikrlarini tushunish uchun so‘rov o‘tkazdi. 100 dan kam odam javob berdi, asosan demokratlar.

Respublikachilar, asosan, prezident Jo Baydenning vakolatlari haqida shunga o‘xshash savollar berilishi kerakligini ta’kidlab, xavotirlarni rad etishdi. Faqat bitta respublikachi senator Jeff Van Dryu Trampning yadroviy vakolatlarini ochiqdan-ochiq qo‘llab-quvvatlab, qizil tugmani bosish yoki bosmaslikni prezidentning o‘zi hal qilishi kerakligini aytdi.

Demokratlar siyosat bo‘yicha ikkiga bo‘lingan, ammo ular yadro portfelini Trampga topshirishni istamasliklarini aytishgan. Kongressmen Mark Takano ta’kidladi: «Mening noqulayligim Trampning impulsiv va tartibsiz xatti-harakatlaridan kelib chiqadi, men unga yadro qurolini ishlatish u yoqda tursin, hatto maysazorni ham boshqarishiga ishonmayman».

Gazetaning xavotirlari Vashington va Moskva o‘rtasidagi yadroviy taranglikning kuchayishi bilan bog‘liq. Noyabr oyida Rossiya yadroviy doktrinasini yangilab, taktik qurollardan foydalanish chegarasini pasaytirdi.

Kiritildi: Bugun 04:14. O'qildi: 456 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!