Qo‘shma Shtatlar hukumati Rossiya va Ukraina 30 kunlik to‘xtatish rejimiga rozi bo‘lishiga umid bildirmoqda. Bu haqda Oq uy matbuot kotibi Karolin Levitt bayonot berdi.
Xabarda aytilishicha, AQSh prezidenti Donald Tramp 8 may payshanba kuni Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy bilan telefon orqali ushbu masalani muhokama qilgan.
"Evropa bu taklifni qo‘llab-quvvatlayotganini bilamiz va ikki mamlakat ham kelgusi hafta ichida bunga rozilik bildirishiga umid qilamiz," - dedi Levitt.