Britaniyaning The Telegraph gazetasi AQSh prezidenti Donald Tramp ixtilofni hal qilish sharti sifatida Vladimir Zelenskiyni Ukrainada saylov o‘tkazishga majburlamasligini yozdi. Bu haqda "RIA Novosti" yozmoqda.
OAVning manbalarga tayanib xabar berishicha, tegishli talab Ukrainada o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha Amerika takliflarining so‘nggi paketidan chiqarib tashlangan. Gazetaning yozishicha, Donald Tramp Vladimir Zelenskiyni "tinchlik uchun baho sifatida hokimiyatni yo‘qotishiga olib kelishi mumkin bo‘lgan saylovlar o‘tkazishga" majburlamaydi.
Manbalardan birining aytishicha, Tramp muzokaralarning boshqa sohalarida Zelenskiyga bosimni kuchaytirgani sababli imtiyoz shubha bilan qaraladi.