Bugun 10 avgust, 2025 yil, yakshanba

КИР

Tramp Zelenskiyni dushman sifatida ko‘rmoqda (?)

Tramp Zelenskiyni dushman sifatida ko‘rmoqda (?)

AQSh prezidenti Donald Tramp Rossiya rahbari Vladimir Putinni hamkor, Vladimir Zelenskiyni esa dushman sifatida ko‘rayotgani Axios portali materialida aytilgan.

"Uning Putinni hamkor, Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiyni esa dushman sifatida ko‘rishi NATO ittifoqchilari va hatto ayrim respublikachilar orasida tashvish uyg‘otdi," deya yozadi portal. Trampning Moskvaga nisbatan do‘stona munosabati uning Ukrainada tinchlik o‘rnatish va "yadroviy qurolga ega bo‘lgan superderjavalar o‘rtasidagi munosabatlarni yaxshilash" istagida namoyon bo‘layotganini ta’kidlaydi.

Axios qayd etganidek, Tramp Rossiya manfaatlariga mos keladigan bir qator qadamlar qo‘ymoqda. Bularning so‘nggisi AQShning Ukrainaga harbiy yordamini to‘xtatish to‘g‘risidagi qarori bo‘ldi. Bundan tashqari, Amerika rahbari "Moskvaga nisbatan sanksiyalarni yumshatish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda."

Kiritildi: 20:48 04.03.2025. O'qildi: 1871 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!