AQSh prezidenti Donald Tramp Rossiya bilan munosabatlarda yaqin vaqt ichida o‘zgarishlar bo‘lishini ma’lum qildi. Truth Social platformasidagi qisqa bayonotida u shunday yozdi:
«Rossiya bo‘yicha katta ilgarilash. Yangiliklarni kuzatib boring». Boshqa tafsilotlar berilmadi.
🔻 Muzokaralar va “er almashish” masalasi
Avvalroq AQSh prezidentining maxsus vakili Stiv Uitkoff ma’lum qilishicha, Moskva beshta ukrain hududi bo‘yicha yo‘l qo‘yishga tayyor. Uning aytishicha, asosiy bahs mavzusi — territoriyalar almashinuvi bo‘lib qolmoqda.
«Ukraina mojarosini hal qilishdagi asosiy masala — yer almashish masalasi. Biz buni dushanba kuni muhokama qilamiz. Umid qilamanki, bu borada aniqlikka erishamiz va bu juda yaqin vaqt ichida tinchlik kelishuvi bilan yakun topadi», — dedi Uitkoff CNN efirida.
🔻 Allaqachon ma’lum bo‘lgan takliflar
Reuters va Financial Times ma’lumotlariga ko‘ra, Alyaskadagi muzokaralarda Rossiya Zaporojye va Xersondagi front chizig‘ini muzlatishni taklif qilgan. Shuningdek, Moskva Sum va Xarkov viloyatlaridagi hududlardan chiqib ketishga tayyor, agar Ukraina Donbassdagi ayrim tumanlardan o‘z qo‘shinlarini olib chiqsa.
🔻 Boshqa shartlar qatorida:
Rossiyaga qarshi sanksiyalarni qisman bekor qilish;
Ukrainaning NATOga a’zo bo‘lishidan voz kechishi;
Ukrainaga noma’lum «xavfsizlik kafolatlari» berilishi;
Ukraina hududida rus tiliga rasmiy maqom berish yoki ayrim viloyatlarda tan olinishi;
Rus pravoslav cherkoviga erkin faoliyat olib borish huquqi taqdim etilishi.
🔻 Tramp — “Zelenskiy qabul qilishi kerak”
Alyaskadagi uchrashuvdan so‘ng Donald Tramp Putin bilan hududiy almashinuv bo‘yicha kelishuvga erishilganini aytdi va «Zelenskiy buni qabul qilishi kerak», dedi. Shuningdek, u Putin va Zelenskiy o‘rtasidagi ehtimoliy uchrashuvda ishtirok etishga tayyorligini ham bildirdi.