AQSh prezidenti Donald Tramp Eron bilan yangi iqtisodiy hamkorlik yo‘lga qo‘yilishi mumkinligini ma’lum qildi. Uning aytishicha, yaqin vaqt ichida Amerika kompaniyalari uchun Eron bozori ochilishi kutilmoqda.
Trampning so‘zlariga ko‘ra, AQSh Eron bilan yangi iqtisodiy jarayonlarni boshlashni rejalashtirmoqda. U Eronda oziq-ovqat ta’minoti bilan bog‘liq muammolar mavjudligini ta’kidlab, mamlakatga bug‘doy, soya va makkajo‘xori yetkazib berish bo‘yicha yirik dastur yaqin orada ishga tushirilishini bildirdi.
Shuningdek, AQSh prezidenti Vashington Tehron bilan muzokaralarni «kuch pozisiyasi»dan olib borayotganini aytdi.
«Ular buni yaxshi tushunishadi», — dedi Tramp Eron rahbariyatini nazarda tutib.