Bugun 18 may, 2025 yil, yakshanba

КИР

Tramp: “Yaqin 2-3 hafta ichida dunyo ancha xavfsiz joyga aylanadi”

Tramp: “Yaqin 2-3 hafta ichida dunyo ancha xavfsiz joyga aylanadi”

AQSh prezidenti Donald Tramp Birlashgan Arab Amirliklariga tashrifi chog‘ida jurnalistlar bilan suhbatda yaqin haftalarda global xavfsizlik sezilarli darajada yaxshilanadi, degan fikrni bildirdi.

“Bugungi kunda dunyo xavfsizlikka intilmoqda. Menimcha, yaqin 2 yoki 3 hafta ichida u yanada xavfsizroq bo‘ladi”, – dedi Tramp.

Tramp shuningdek, Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan uchrashuv ehtimoli haqida ham fikr bildirgan. Unga ko‘ra, bu uchrashuv 2–3 hafta ichida rejalashtirilishi mumkin va tomonlar imkon qadar tez fursatda uni o‘tkazishga intiladi.

Tramp va Putin uchrashuvi bo‘yicha yakuniy qaror 2–3 hafta ichida qabul qilinishi mumkin

AQSh davlat kotibi Marko Rubio avvalroq jurnalistlarga bergan bayonotida, Tramp-Putin uchrashuvi aniq sanasi hozircha belgilanmaganini aytgan. Bu masala Rossiya va Ukraina o‘rtasida Istanbulda bo‘lib o‘tadigan muzokaralar natijalariga bog‘liq bo‘ladi, degan u.

Turkiyada bo‘lib o‘tadigan Rossiya va Ukraina delegasiyalari muzokaralari oldidan Interfaks agentligi xabar berishicha, Turkiya vakili faqatgina kutib olish marosimida qatnashadi va keyin muzokara zalini tark etadi.
Bu uchrashuv, tomonlar o‘rtasida ehtimoliy sulh va tinchlikka erishish borasida yangi umidlarni uyg‘otmoqda.

Kiritildi: 14:02 16.05.2025. O'qildi: 471 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!