"Biz ushbu davlatlarning tarif va notarif to‘siqlari tufayli yuzaga kelgan savdo taqchilligiga barham berishimiz kerak. Shuning uchun ushbu mamlakatlardan kirib keladigan barcha mahsulotlarga 25% boj to‘lovi joriy qilinmoqda", — deyiladi AQSh prezidenti tomonidan har ikki davlat rahbariyatiga yuborilgan maktublarda.
Trampning ta’kidlashicha, ushbu boj to‘lovi AQSh hududida mahsulot ishlab chiqarayotgan kompaniyalarga taalluqli bo‘lmaydi.