Bugun 4 oktyabr, 2026 yil, yakshanba

КИР

Tramp: "Yadroviy kuchlar yetakchilari bilan yaxshi munosabatlar muhim"

Tramp: "Yadroviy kuchlar yetakchilari bilan yaxshi munosabatlar muhim"

AQSh prezidenti Donald Tramp yadroviy qurolga ega davlatlar rahbarlari bilan yaxshi munosabatlarni saqlab qolish zarurligini ta’kidladi.

Tramp bu bayonotni Ogayo shtatidagi mitingda aytdi.

Trampning ta’kidlashicha, undan 23-25 sentyabr kunlari Qo‘shma Shtatlarga davlat tashrifi bilan kelgan Xitoy prezidenti Si Szinpin bilan nega bunchalik do‘stona munosabatda bo‘lganligi so‘ralgan.

"Katta davlatlar, ulkan yadroviy kuchlar rahbarlari bilan til topishish ajoyib emasmi? Yaxshi munosabatlarga ega bo‘lish ajoyib emasmi?", dedi AQSh prezidenti.

U shuningdek, Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In bilan yaxshi munosabatlarni saqlab qolishini aytdi.

"Biz juda yaxshi til topishamiz. Va men Kim Chen In bilan juda yaxshi til topishaman", dedi Tramp.

Amerika rahbari shuningdek, Eronning yadroviy dasturiga to‘xtalib, Tehron "hech qachon yadroviy kallakli raketaga ega bo‘lmaydi" deb ta’kidladi.

Kiritildi: Bugun 10:20. O'qildi: 266 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!