AQSh prezidenti Donald Tramp Xitoyga qarshi umumiy qiymati 600 milliard dollarlik import bojxona to‘lovlarini joriy etganini ma’lum qildi. Bu miqdor boshqa har qanday Amerika rahbari davridagidan ko‘proq.
"Men Xitoyga qarshi 600 milliard dollarlik juda katta bojxona to‘lovlarini joriy etdim. Boshqa hech bir prezident bunday miqdorda to‘lov joriy qilmagan," deb ta’kidladi Tramp Oq uydagi chiqishi paytida.
Xitoy tashqi ishlar vaziri Van I Myunxen konferensiyasi doirasida AQShning har qanday keyingi bir tomonlama sanksiyalariga Xitoy javob berishini va agar Qo‘shma Shtatlar uni bostirishga qaror qilsa, "oxirigacha harakat qilishini" aytdi, deb xabar bermoqda Bloomberg.
Van Ining so‘zlariga ko‘ra, Xitoy AQSh bilan barqaror, sog‘lom va mustahkam ikki tomonlama munosabatlar o‘rnatishga hamda ikki davlatning birga yashashi uchun to‘g‘ri yo‘lni topishga tayyor. "Agar AQSh buni xohlamasa, Xitoyni bostirishga va cheklashga intilsa, bizda oxirigacha xuddi shunday yo‘l tutishdan boshqa iloj qolmaydi," deb qo‘shimcha qildi Van I.
Diplomat AQSh sanksiyalarini qo‘rqitish usuli deb atadi.