Bugun 9 noyabr, 2026 yil, dushanba

КИР

Tramp Xitoyda Putin va Si Szinpin bilan Eron masalasini muhokama qilmoqchi

Tramp Xitoyda Putin va Si Szinpin bilan Eron masalasini muhokama qilmoqchi



AQSh prezidenti Donald Tramp kelasi hafta Xitoyda bo‘lib o‘tadigan Osiyo-Tinch okeani iqtisodiy hamkorligi tashkiloti sammiti doirasida Rossiya prezidenti Vladimir Putin va Xitoy raisi Si Szinpin bilan uchrashish niyatida ekanini bildirdi.

Tramp uchrashuvlarda Erondagi urushni to‘xtatish va yadroviy qurolsizlanish masalalari muhokama qilinishini aytdi.
«Menimcha, uchrashuvlardan biri prezident Putin va rais Si Szinpin bilan bo‘ladi. Bu qiziq uchrashuv bo‘ladi. Biz yadroviy qurolsizlanishni ham o‘z ichiga olgan ko‘plab masalalarni muhokama qilamiz. Biz Erondagi urushni tugatishga harakat qilyapmiz».

Kiritildi: Bugun 16:44. O'qildi: 308 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik