AQSh prezidenti Donald Tramp XXR raisi Si Szinpin bilan uchrashuvdan so‘ng fentanil kontrabandasi tufayli Xitoy importiga qo‘yilgan qo‘shimcha tariflarni kamaytirish niyatida ekanligini ma’lum qildi.
Tramp bu haqda Yaponiyadan Koreya Respublikasiga uchayotgan samolyoti bortida jurnalistlar savollariga javob berish chog‘ida aytib o‘tdi.
"Men tariflarni pasaytiramiz deb umid qilaman, chunki ular bizga fentanil bilan bog‘liq vaziyatda yordam berishiga ishonaman", dedi u.
AQSh va Xitoy rahbarlarining uchrashuvi 30 oktyabr kuni Janubiy Koreyada bo‘lib o‘tadigan Osiyo-Tinch okeani iqtisodiy hamkorligi sammiti doirasida bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.