Bu haqda AQSh Milliy to‘fonlarni kuzatish markazi ma’lum qildi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, bo‘ron bugun Yamaykaga yetib boradi. Mamlakat hukumati aholiga zudlik bilan xavfsiz hududlarga evakuasiya qilishni buyurdi.
Kuchli shamollar, yomg‘irlar, toshqinlar va ko‘chkilarning yuzaga kelishi kutilmoqda. To‘fon allaqachon Gaiti hududiga jiddiy zarar yetkazgan va hozirda beshinchi xavf darajasiga ega.