Bugun 29 oktyabr, 2025 yil, chorshanba

КИР

Germaniya Qurolli kuchlari Ukraindagi urush sababli o‘z faoliyatini qisqartirishdan voz kechmoqchi

Germaniya Qurolli kuchlari Ukraindagi urush sababli o‘z faoliyatini qisqartirishdan voz kechmoqchi

Bu haqda Die Zeit xabar bermoqda.

Nashrning xabar berishicha, Germaniya Qurolli kuchlari (Bundesver) eski harbiy ob’ektlarni fuqarolik maqsadlari uchun foydalanishga topshirmaslikka qaror qilgan.

Manbaga ko‘ra, Rossiyaning Ukrainaga bosqini va Moskvaning tajovuzkor xatti-harakatlari Germaniyani 1990 yillardan beri davom etib kelayotgan Bundesver faoliyatini “qisqartirish”dan voz kechishga majbur etgan.

Shu munosabat bilan Germaniya mudofaa idorasi Federal ko‘chmas mulk agentligiga (BImA) butun mamlakat bo‘ylab ilgari harbiylar foydalangan kamida 187 ta ob’ektni topshirgan edi. Endi Bundesver ularni o‘zining “strategik zaxirasi”ga qaytarib olmoqchi. Ammo bu qaror ushbu ob’ektlardan foydalanish bo‘yicha mahalliy hokimiyatlar rejalarini buzishi mumkin.

"Biz ushbu qarorning ahamiyatini juda yaxshi tushunamiz va ko‘p hollarda eski harbiy ob’ektlardan fuqarolik maqsadlarida foydalanish rejalari allaqachon mavjudligini bilamiz. Imkon qadar fuqarolik rejalarini hisobga olishga harakat qilamiz", – dedi Germaniya Mudofaa vazirligi kotibi Nils Hilmer.

"Bundesverga yer maydonlari kerak bo‘lishi mumkin, chunki hukumat yaqin yillarda nemis harbiylari sonini sezilarli darajada ko‘paytirishni rejalashtirmoqda. Biroq bu qanday amalga oshirilishi hali noma’lumligicha qolmoqda. Germaniyada majburiy harbiy xizmatni qayta joriy etish bo‘yicha munozaralar ham davom etmoqda, deyiladi Die Zeit xabarida.

Kiritildi: 21:50 28.10.2025. O'qildi: 857 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!