AQSh prezidenti Donald Tramp Falastinning XAMAS harakati Amerika tomoni taklif qilgan rejaga rozi bo‘lsa, G‘azo sektorida o‘t ochishni to‘xtatish rejimi darhol kuchga kirishini ma’lum qildi.
Bu haqda AQSh prezidenti Donald Tramp Truth Social ijtimoiy tarmog‘ida yozdi.
"Muzokaralar yakuniga ko‘ra, Isroil biz ko‘rsatgan va XAMASga yetkazgan dastlabki chiqish chizig‘iga rozi bo‘ldi", - dedi u.
"XAMAS o‘z kelishuvini tasdiqlaganida, o‘t ochishni to‘xtatish darhol kuchga kiradi, garovga olinganlar va asirlar almashinuvi boshlanadi va biz olib chiqishning keyingi bosqichi uchun sharoit yaratamiz, bu bizni 3000 yillik falokatni tugatishga yaqinlashtiradi" - deya qo‘shimcha qildi u bu taxminiy muddatning asosini tushuntirmasdan.