Bugun 10 fevral, 2025 yil, dushanba

КИР

Tramp Vladimir Putin bilan telefon orqali suhbatlashganini ma’lum qildi

Tramp Vladimir Putin bilan telefon orqali suhbatlashganini ma’lum qildi


AQSh prezidenti Donald Tramp The New York Post gazetasiga Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan telefon orqali Ukrainadagi urush haqida gaplashganini aytdi.

Bu qachon sodir bo‘lgani noma’lum. Ikki davlat rahbari telefonda necha marta gaplashgani haqidagi savolga Tramp: "Buni aytmaganim ma’qul", deb javob berdi.

Trampning so‘zlariga ko‘ra, Putin "odamlar jang maydonida o‘lishini bas qilishni" istaydi. AQSh prezidenti, shuningdek, urushni qanday tugatish bo‘yicha aniq rejasi borligini aytdi.

AQSh vise-prezidenti J.D. Vens kelasi hafta bo‘lib o‘tadigan Myunxen xavfsizlik konferesiyasida Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy bilan uchrashadi. Avvalroq Tramp kelasi haftada Zelenskiy bilan uchrashishi mumkinligini aytgan edi.

AQSh prezidenti, shuningdek, xavfsizlik kafolatlari evaziga Ukrainaning nodir metallari va boshqa resurslaridan foydalanish uchun Zelenskiy bilan 500 million dollarlik shartnoma tuzmoqchi ekanligini aytdi.

Kiritildi: 11:10 09.02.2025. O'qildi: 1413 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!