AQSh prezidenti Donald Tramp keskinlik kuchayib borayotgan bir paytda Venesuela prezidenti Nikolas Maduro bilan muzokara o‘tkazishi mumkinligini aytdi.
Amerika yetakchisi Floridadan Vashingtonga jo‘nab ketishdan oldin jurnalistlarga ma’lum qildi.
"Maduro bilan muzokaralar olib borishimiz va nima bo‘lishini ko‘rishimiz mumkin. Ular gaplashmoqchi", dedi u.
Trampning so‘zlariga ko‘ra, go‘yoki Venesuela prezidenti boshchiligidagi “Quyoshlar karteli”ni (Cartel de los Soles) xorijiy terrorchi tashkilot sifatida belgilash AQShga Maduroning Venesuela ichidagi aktivlari va infratuzilmasini nishonga olish imkoniyatini beradi.
Shu bilan birga, prezident uning ma’muriyati Venesuela ichidagi ehtimoliy harbiy harakatlar uchun Kongressning ruxsatiga muhtoj emasligini ta’kidladi.
"Biz ularning roziligiga muhtoj emasmiz. Lekin menimcha, ularni xabardor qilish yaxshi fikr", - dedi u.
AQSh Davlat kotibi Marko Rubio avvalroq AQShning Cartel de los Solesni xorijiy terrorchilik tashkiloti ro‘yxatiga kiritish niyatini e’lon qilgan edi.