Bugun 29 mart, 2025 yil, shanba

КИР

Tramp vakili: "Ukraina rahbariyati prezidentlik saylovlarini o‘tkazishga rozi bo‘ldi"

Tramp vakili: "Ukraina rahbariyati prezidentlik saylovlarini o‘tkazishga rozi bo‘ldi"

Ukraina rahbariyati prezidentlik saylovlarini o‘tkazishga rozi bo‘ldi.

Bu haqda AQSh prezidentining maxsus vakili Stiven Uitkoff amerikalik jurnalist Taker Karlsonga bergan intervyusida ma’lum qildi.

"Sizningcha, Ukrainada saylovlar bo‘ladimi?" — deb so‘radi jurnalist. "Ha, saylov bo‘lib o‘tadi. Ukraina rahbariyati bunga allaqachon rozi bo‘lgan. Ukrainada saylovlar bo‘ladi" - deb javob berdi Uitkoff.

Shuningdek, u Qora dengizdagi harbiy harakatlarni to‘xtatish bo‘yicha kelishuv kelasi hafta ichida kuchga kirishi mumkinligini ta’kidladi.

"Ukraina Rossiya kemalarini o‘qqa tutmoqda, Rossiya Ukraina kemalarini o‘qqa tutmoqda. Endi biz bunga o‘tdik va bu yaqin bir hafta ichida amalga oshiriladi. Muhokama qilinishi kerak bo‘lgan ba’zi tafsilotlar bor, ammo bu suhbatning bir qismiga aylandi. Bu muhim. Aslida, bu juda muhim", - dedi AQSh prezidentining vakili.

Kiritildi: 09:29 22.03.2025. O'qildi: 1345 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!