Bugun 26 mart, 2025 yil, chorshanba

КИР

Eron TIV vaziri: "Eron urushga tayyor!"

Eron TIV vaziri: "Eron urushga tayyor!"

Eron Qo‘shma Shtatlar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralar o‘tkazish shartini aytdi.

Eron tashqi ishlar vaziri Abbos Arag‘chi Amerika tomoni Eronga nisbatan siyosatini qayta ko‘rib chiqmasa, Tehron Vashington bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralarga kirishmasligini aytdi.

"Eronga qarshi "maksimal bosim" deb atalmish kampaniya va takroriy tahdidlar Vashington bilan har qanday muzokaralarni imkonsiz qiladi. Bu bizning aniq va qat’iy pozisiyamiz. AQShning Eronga nisbatan munosabatida tub o‘zgarishlar bo‘lmaguncha, to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralar olib borilmaydi", - dedi vazir.

Arag‘chi Eronning ustuvorligi milliy manfaatlar va xavfsizlikni himoya qilish bo‘lib qolayotganini ta’kidladi: "Biz yon bermaymiz".

U, shuningdek, Eron voqealarning har qanday rivojlanishiga tayyorligiga ishontirdi: "Ishonchim komilki, Eronga hujum qilish hech kimning xayoliga ham kelmaydi, chunki hamma oqibatini tushunadi. Urush bo‘lmaydi, chunki biz bunga tayyormiz", - deya qo‘shimcha qildi Eron TIV rahbari.

Kiritildi: 23:31 24.03.2025. O'qildi: 4302 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!