Bugun 1 may, 2025 yil, payshanba

КИР

Tramp va SoftBank AQShga 100 milliard dollar sarmoya kiritadi

Tramp va SoftBank AQShga 100 milliard dollar sarmoya kiritadi

“SoftBank” bosh direktori Masayoshi Son Floridada saylangan prezident Donald Tramp bilan uchrashuv chog‘ida kelasi to‘rt yil davomida 100 milliard dollar sarmoya kiritilishini ma’lum qildi, deya xabar beradi CNBC.

Milliarder-investor va yapon texnologiya investisiya kompaniyasi asoschisi Donald Tramp bilan qo‘shma bayonotida sun’iy intellekt va tegishli infratuzilmaga yo‘naltirilgan kamida 100 ming ish o‘rni yaratishga va’da berdi. Mablag‘ Donald Trampning vakolat muddati tugagunga qadar ajratiladi.

“Ushbu tarixiy sarmoya Amerika kelajagiga ishonchning monumental namoyishi bo‘lib, sun’iy intellekt, yangi texnologiyalar va ertangi kunning boshqa sohalari aynan shu yerda AQShda yaratilishi va rivojlanishini ta’minlashga yordam beradi”, - dedi Donald Tramp.

Moliyalashtirish “SoftBank” tomonidan boshqariladigan turli manbalardan, jumladan «Vision Fund» yoki chip ishlab chiqaruvchi «Arm Holdings»dan olinishi mumkin.

Masayoshi Son va Donald Tramp 2016 yilda Tramp birinchi marta prezident etib saylanganidan so‘ng shunday e’lon qilganlar: yapon firmasi 50 ming ish o‘rni yaratish uchun 50 milliard dollar sarmoya kiritishga rozi bo‘lgan.

Kiritildi: 18:27 17.12.2024. O'qildi: 1383 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!