Bugun 21 sentyabr, 2026 yil, dushanba

КИР

Tramp va Si Szinpin oktyabr oyi oxirida Janubiy Koreyada uchrashadi — AQSh moliya vaziri

A A A
Tramp va Si Szinpin oktyabr oyi oxirida Janubiy Koreyada uchrashadi — AQSh moliya vaziri

Skott Bessentning Fox Business Network telekanaliga bergan intervyusida aytishicha, AQSh prezidenti Xitoy bilan ikki tomonlama boj tahdidlari va eksport nazorati bo‘yicha keskinlikni yumshatishga harakat qilmoqda.

Uning so‘zlariga ko‘ra, bu masalada dam olish kunlari ikki tomon o‘rtasida “jiddiy muloqotlar” bo‘lib o‘tgan va yana ko‘plab uchrashuvlar rejalashtirilmoqda.

"Biz vaziyatni sezilarli darajada yumshatdik. Prezident Tramp bojlar 1 noyabrgacha kuchga kirmasligini aytdi. U Koreyada XXR raisi Si bilan uchrashadi. O‘ylaymanki, bu uchrashuv hali ham o‘z kuchida qoladi", – deydi Bessent.

AQSh va Xitoy yetakchilarining uchrashuvi Janubiy Koreya mezbonligidagi Osiyo – Tinch okeani iqtisodiy hamkorlik forumi sammiti doirasida bo‘lib o‘tishi rejalashtirgan.

Kiritildi: 13:52 14.10.2025. O'qildi: 1652 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!