AQSh Davlat kotibi Marko Rubio Kanadadagi G7 sammitini erta tark etadi.
Bu haqda Davlat departamentidagi manbaga tayanib, CNN telekanali ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, Rubio Vashingtonga AQSh prezidenti Donald Tramp bilan birga qaytadi.
Avvalroq Oq uy matbuot kotibi Kerolayn Livitt davlat rahbari G7 sammitini Yaqin Sharqdagi vaziyat tufayli tark etayotganini ma’lum qilgandi. Fox News telekanaliga ko‘ra, u Oq uy Milliy xavfsizlik kengashi yig‘ilishini o‘tkazishga buyruq bergan.