Telekanalning ikki manbasi uchrashuv o‘tkazilishi mumkin bo‘lgan joylardan biri sifatida Rim shahrini tilga oldi. Biroq TASS agentligi manbasi bu variant ko‘rib chiqilmayotganini aytdi.
Fox News'ning xabar berishicha, uchrashuv keyinroq bo‘lib o‘tishi ham mumkin. Shuningdek, Yevropa va jahonning boshqa davlatlari ham uchrashuv o‘tkazish uchun muqobil joylar sifatida ko‘rib chiqilmoqda. Kecha Putin BAAni Tramp bilan ko‘rish uchun mos joylardan biri deb atagan edi.