Bugun 10 sentyabr, 2026 yil, payshanba

КИР

Tramp va Mers eng yuqori maosh oladigan siyosiy rahbarlar reytingida ancha ortda. Eng yuqori maoshni kim oladi?

Tramp va Mers eng yuqori maosh oladigan siyosiy rahbarlar reytingida ancha ortda. Eng yuqori maoshni kim oladi?

Eng yuqori maosh oladigan siyosiy rahbarlar reytingida birinchi o‘rinda Singapur bosh vaziri Lourens Vong turibdi. Germaniyaning ntv telekanali hisob-kitoblariga ko‘ra, uning hozirgi rasmiy yillik daromadi yevro hisobida 1,4 million yevroni tashkil etadi. Yaqin kelajakda bu summa taxminan 2,3 million yevrogacha oshishi kutilmoqda.

Singapurda barcha vazirlarning maoshini oshirish rejalashtirilmoqda. Bu qaror «siyosatchi bo‘lib ishlashning jozibadorligini saqlab qolish» va ularning korrupsiyaga moyilligini kamaytirish maqsadida qabul qilinmoqda.

Ikkinchi o‘rinda Gonkong ma’muriyati rahbari Jon Li bormoqda. U yiliga 615 ming yevro maosh oladi.

Uchinchi o‘rinni eng yuqori maosh oladigan yevropalik siyosatchi — Shveysariya prezidenti Gi Parmelen egallagan. Uning ushbu lavozimdagi rasmiy yillik daromadi 520 ming yevroni tashkil qiladi.

AQSh prezidenti Donald Tramp esa ancha kam maosh oladi — yiliga 344 ming yevro. Germaniya kansleri Fridrix Mersning maoshi 248 ming yevroni tashkil etadi.

Biroq Mersning amaldagi umumiy daromadi bundan yuqori. Chunki u kanslerlik maoshidan tashqari Bundestag deputati sifatida ham qo‘shimcha to‘lovlar oladi.

Kiritildi: 23:28 09.09.2026. O'qildi: 513 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!