AQShda prezident Donald Tramp va jinsiy zo‘ravonlikda ayblangan hamda keyinroq vafot etgan milliarder Jeffri Epshteynni qo‘l ushlashgan holda tasvirlovchi haykal Vashingtondagi Milliy Mall hududida ikkinchi bor o‘rnatildi.
Haykal “Best Friends Forever” (Abadiy eng yaqin do‘stlar) deb nomlangan bo‘lib, uni noma’lum rassom yaratgan. U ilk bor 2025 yil 24 sentyabrda ruxsatsiz tarzda o‘rnatilgan va tez orada olib tashlangan edi. Keyinchalik zaruriy huquqiy ruxsatnomalar olingach, haykal 2 oktyabr kuni yana o‘z joyiga tiklandi.
Bu haykal ijtimoiy tarmoqlarda va AQSh ommaviy axborot vositalarida katta munozaralarga sabab bo‘lmoqda. Ko‘plab sharhlovchilar bu ishni siyosiy aks-sado beruvchi san’at namunasi deb baholamoqda, ayrimlar esa bu orqali prezident obro‘siga putur yetkazilayotganini ta’kidlamoqda.
Haykal ruxsat asosida o‘rnatilgan bo‘lsa-da, uning qancha vaqtgacha turishi noma’lum.