Tramp Truth Social ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida Putin bilan Alyaskada tushgan suratini Nikson va Xrushyovning rasmi bilan birga e’lon qildi.
AQSh prezidenti ikkita suratni chop etdi. Birinchisida Alyaskadagi uchrashuvi chog‘ida Vladimir Putin bilan olingan suratda AQSh prezidenti Rossiya yetakchisiga barmog‘ini yo‘naltirgani aks etgan.
Ikkinchi surat esa 1959 yilda AQSh vise-prezidenti Richard Niksonning Moskvaga tashrifi vaqtida olingan. Unda amerikalik siyosatchi xuddi shunday tarzda ko‘rsatkich barmog‘i bilan sovet rahbariga ishora qilgan.