AQSh prezidentining so‘zlariga ko‘ra, agar Oq uy hududida barpo etilayotgan "o‘ta himoyalangan" zal avvalroq qurib bitkazilganida, bu hodisa yuz bermagan bo‘lardi.
Donald Trampning ta’kidlashicha, ushbu ob’ekt eng yuqori darajadagi xavfsizlikka ega bo‘ladi va begonalarning unga kirishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Shu bilan birga, Tramp Fox News telekanaliga bergan intervyusida Oq uydagi bal zali 2028 yilda tayyor bo‘lishini, bu esa unga nisbatan qilinadigan yangi suiqasdga urinishlarining oldini olishga yordam berishini ma’lum qildi.