Bugun 6 iyun, 2025 yil, juma

КИР

Tramp Ukrainaning Rossiya aviabazalariga qilgan hujumini “qudratli” va “zo‘r” deb hisoblaydi — Axios

Tramp Ukrainaning Rossiya aviabazalariga qilgan hujumini “qudratli” va “zo‘r” deb hisoblaydi — Axios

Nashr bu haqda AQSh prezidenti bilan bu mavzuni muhokama qilgan manbalariga tayanib xabar bermoqda.

"Tramp Ukrainaning mazkur hujumiga “ancha kuchli va dadil harakat” sifatida baho berdi", — dedi Axios suhbatdoshi.

Manbalarga ko‘ra, endi Tramp Ukrainaning dronlar hujumi Rossiya prezidenti Vladimir Putinni javob choralariga undab, uning diplomatik tashabbusini barbod qilishi mumkinligidan xavotirda.

"Dronlar hujumi Tramp uchun kutilmagan holat emasdi, chunki bu urush davom etayotganida ro‘y beradigan harakatlardan biri hisoblanadi. Ammo Qo‘shma Shtatlar prezidenti bu jangovar harakatlarni cho‘zilishiga sabab bo‘lishidan xavotirda. Tramp Ukrainadagi urush tezroq tugashini istaydi, shuning uchun bu kabi hujumlardan uning hafsalasi pir bo‘lmoqda", — deya fikr bildirdi nashr suhbatdoshlaridan biri.

Kiritildi: 20:45 05.06.2025. O'qildi: 1055 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!