Ukraina Xavfsizlik xizmati “O‘rgimchak to‘ri” nomli maxsus operasiyani amalga oshirdi. Shubhasiz, bu voqea tarixga Rossiya o‘z yadroviy qalqonining bir qismini yo‘qotgan lahza sifatida kirishi aniq. Ateo Breaking kanali ma’lumotiga ko‘ra, hujum natijasida 41 ta strategik harbiy samolyot yo‘q qilindi yoki ishdan chiqarildi — aynan shu bombardimonchilar yadroviy raketalarni tashuvchi kuch sifatida xizmat qilardi.
Operasiya juda puxta ishlab chiqildi: ukrainaliklar dronlarni yashirincha Rossiyaga olib kirgan, ularni maxsus konteynerlarda yuk mashinalarida yashirishgan. Kerakli paytda bu konteynerlarning tomi ochilgan va dronlar to‘g‘ridan-to‘g‘ri Rossiya hududidan uchib chiqib, bombardimonchi samolyotlarga zarba bergan.
Hech shubhasiz, bu Moskvaga qarshi eng kuchli zarbalardan biri bo‘ldi. Bunday samolyotlarning yo‘qotilishi — shunchaki statistik yo‘qotish emas, balki Rossiyaning doim maqtanib kelgan yadroviy tiyib turish tizimi uchun katta zarba.
Kreml vahimani ko‘rsatmaslikka harakat qilmoqda: zaif ko‘rinmaslik uchun Istanbuldagi muzokaralarni davom ettirmoqda. Ammo ichkarida Ukrainaning infratuzilmasi va shaharlari bo‘yicha “qasos” zarbalari tayyorlanmoqda.
Eng muhimi: Ukraina nafaqat frontda, balki Rossiyaning strategik kuchiga ham zarba bera olishini ko‘rsatdi. Endi bu oddiy hududiy urush emas — bu “buyuk derjava” maqomiga qilingan hujumdir.