Bugun 10 avgust, 2025 yil, yakshanba

КИР

Tramp Ukrainaga yordamni qanday to‘xtatib qo‘ydi?

Tramp Ukrainaga yordamni qanday to‘xtatib qo‘ydi?

AQSh prezidenti Donald Tramp milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchilari bilan bir qator uchrashuvlardan so‘ng Ukrainaga harbiy yordam ko‘rsatishni to‘xtatib qo‘ydi. Bu haqda The Wall Street Journal gazetasi ma’muriyatdagi yuqori lavozimli manbaga tayanib xabar bermoqda.

Manba so‘zlariga ko‘ra, Tramp Vladimir Zelenskiyning uzoq muddat davom etishi mumkin bo‘lgan urush haqidagi bayonotidan g‘azablanib, shunday qaror qabul qilgan. Amerika rahbari o‘z niyatlarining jiddiyligini ko‘rsatish va Kiyevni muzokaralar stoliga o‘tirishga majbur qilish maqsadida bu qadamni tashlagan.

"Ukrainaliklar bizning niyatlarimizni jiddiy qabul qilishmadi. Biz buni ko‘rsatishga majbur bo‘ldik," - deya ta’kidladi manba.

Shu bilan birga, Tramp hozircha Ukrainaning tinchlik muzokaralariga tayyorligining isboti deb nimani hisoblash kerakligini aniqlamadi. AQSh bilan imzolangan yer osti boyliklari to‘g‘risidagi bitim qurol-yarog‘larni muzlatishni bekor qilish uchun yetarli shart bo‘ladimi yoki yo‘qmi, noma’lumligicha qolmoqda.

Prezident farmoyishi barcha harbiy yordamga, jumladan, allaqachon Yevropaga jo‘natilgan va Ukraina chegarasi tomon ketayotgan qurol-yarog‘larga taalluqli. Tramp AQSh yetkazib berishni tiklashidan oldin Kiyevdan "tinchlikka xayrixohlik ko‘rsatishni" talab qilmoqda.

Kiritildi: 21:44 04.03.2025. O'qildi: 2130 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!