Tramp Ukrainadan Rossiya bosqini boshlanganidan keyin AQSh Kiyevga bergan milliardlab dollarlik yordamni qaytarishni talab qilmoqda — The New York Times.
Gazetaning o‘z manbalariga tayanib xabar berishicha, yangi kelishuv quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
— Ukraina Rossiyaning keng ko‘lamli bosqini boshlanganidan keyin Qo‘shma Shtatlardan harbiy va moliyaviy yordam sifatida olgan milliardlab dollarlarlik mablag‘larni qoplashi zarur;
— Ukraina tabiiy resurslarni o‘zlashtirishdan olinadigan foydaning yarmini AQSh nazoratidagi fondga o‘tkazishi kerak;
— Vashington to Kiyev urush davomida olgan barcha pullarni ustiga yiliga 4% qo‘shilgan holda qaytarmaguncha, ushbu fonddagi aktivlarni musodara qilishni talab qilmoqda;
— Bitimda Ukraina xavfsizligi bo‘yicha kafolatlar haqida hech qanday so‘z yuritilmagan.