Bugun 6 iyul, 2025 yil, yakshanba

КИР

Tramp Ukrainaga havo hujumidan mudofaa masalasida yordam bermoqchi

 Tramp Ukrainaga havo hujumidan mudofaa masalasida yordam bermoqchi

Bu haqda Axios nashri xabar bermoqda.

"AQSh prezidenti Donald Tramp 4 iyul kuni Ukraina yetakchisi Vladimir Zelenskiyga Rossiya hujumlarini kuchaytirgani sababli Ukrainaga havo hujumidan mudofaa sohasida yordam bermoqchi ekanligini aytdi", deya xabar bermoqda Axios ukrainalik ism-sharifi oshkor etilmagan amaldor va bu masaladan xabardor boshqa manbalariga tayanib.

Manbalardan biriga ko‘ra, Tramp Zelenskiyga, Qo‘shma Shtatlardan Ukrainaga qanday qurollar yetkazib berish to‘xtatilganini tekshirib ko‘rishini aytgan.

Avvalroq Pentagon Kiyevga zenit-raketalar va boshqa aniq boshqariladigan o‘q-dorilar yetkazib berishni Qo‘shma Shtatlarda bu turdagi qurollar zaxiralari juda oz ekanligini sabab sifatida keltirib, to‘xtatib qo‘ygan edi.

Kiritildi: 22:35 04.07.2025. O'qildi: 753 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!