Bugun 12 dekabr, 2025 yil, juma

КИР

"Tramp Ukrainadagi mojaroni hal qilishga astoydil intilmoqda"

"Tramp Ukrainadagi mojaroni hal qilishga astoydil intilmoqda"

AQSh prezidenti Donald Tramp astoydil Ukraina mojarosini siyosiy-diplomatik yo‘l bilan hal qilishga intilmoqda. Bu haqda Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov ma’lum qildi.

“Tan olish kerakki, Amerikaning hozirgi yetakchisi Oq uyga qaytgandan keyin bu masala bilan haqiqatdan shug‘ullanishni boshladi. Bizning bahomizga ko‘ra, astoydil Ukraina mojarosini siyosiy-diplomatik usullar bilan hal qilishga intilmoqda”, - dedi Rossiya TIV rahbari Ukrainada atrofidagi mojaroni hal qilish mavzusiga bag‘ishlangan davra suhbatida.

Uning so‘zlariga ko‘ra, hozirgi Rossiya-Amerika muzokaralari Ukrainadagi mojaroni uzoq muddatli hal etishga bag‘ishlangan.

“Bizning AQSh prezidenti, uning jamoasi bilan muzokaralarimiz aynan shunga – bu mojaroning dastlabki sabablarini bartaraf etish uchun uzoq muddatli tartibga solishni izlashga bag‘ishlangan”, - dedi Lavrov.

Diplomat Rossiya barcha tomonlar uchun xavfsizlik kafolatlari bilan Ukrainada mustahkam va barqaror tinchlik bo‘yicha kelishuvlar to‘plamini talab qilayotganini qo‘shimcha qildi.

Kiritildi: 23:05 11.12.2025. O'qildi: 365 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!