Bugun 6 may, 2025 yil, seshanba

КИР

Tramp Ukraina va Rossiya kelishuvga erisha olmasligi mumkinligini tvn oldi

Tramp Ukraina va Rossiya kelishuvga erisha olmasligi mumkinligini tvn oldi

AQSh prezidenti Donald Tramp Ukraina masalasida tinchlik kelishuviga erishish imkoniyati bo‘lmasligi mumkinligini tan oldi va bunday holda Vashington muzokaralardan chiqishi mumkinligini aytdi.

NBC News telekanaliga bergan intervyusida u shunday dedi:

«Shunday vaqt keladiki, men bunday deyman: ehtimol, men bunga erisha olmayman, yoki bu umuman mumkin bo‘lmaydi».

Tramp, shuningdek, AQSh Ukraina bilan Amerikaliklar uchun foyda keltiruvchi kelishuvga erishganini aytdi, ayniqsa, kamyob yer metallari sohasida. U AQSh urushdagi taraflardan biri bilan kelishuvga yaqinroq ekanini bildirdi, ammo qaysi taraf ekanini ochiqlamadi.

U yana Rossiyaning Ukrainaga qarshi urushi «Bayden urushi» ekanini ta’kidlab, agar u prezident bo‘lib qolganida bunday vaziyat yuz bermasligini aytdi. Shu bilan birga, u AQSh uchun qabul qilinadigan yechimga erishish mumkinligiga ishonch bildirdi, ammo bu mutlaqo amalga oshmasligi ehtimolini ham inkor etmadi.

«Zelenskiy va Putin, shuningdek, ayrim askarlar va generallar o‘rtasida katta nafrat bor. Ular uch yildan beri shafqatsiz urush olib bormoqda. Menimcha, kelishuvga erishish imkoniyatlarimiz juda yaxshi», — dedi Tramp.

2 may kuni AQSh Davlat departamenti matbuot xizmati rahbari Temmi Bryus Vashington Moskva va Kiyev o‘rtasida vositachi bo‘lishga tayyorligini bildirdi, biroq bu pozisiya muzokaralarda siljish bo‘lmasa o‘zgarishi mumkinligini qayd etdi.

Kiritildi: 21:01 04.05.2025. O'qildi: 844 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!