Tramp ma’muriyati Ukrainaga yuzlab million dollarlik yangi harbiy yordam paketini ajratish masalasini ko‘rib chiqmoqda, deb yozadi Politico.
Mablag‘lar Bayden davrida tasdiqlangan fonddan olinishi rejalashtirilgan, u yerda hali ham taxminan 3,8 milliard dollar qolgan. Paketda Patriot raketalari va o‘rta masofaga mo‘ljallangan qurollar bo‘lishi mumkin.
Bunga parallel ravishda, NATO davlatlari Kiyevga topshirish uchun Amerika qurollarini ko‘proq sotib olishga tayyorlanmoqda.
Bir kun avval Reuters agentligi Tramp o‘z vakolatlaridan ilk bor Ukrainaga harbiy yordam jo‘natish uchun foydalanishini ma’lum qilgandi – yetkazib berishning mumkin bo‘lgan hajmi 300 million dollarga baholanmoqda.