"Men Ukraina Xavfsizlik xizmati tomonidan o‘tkazilgan “O‘rgimchak to‘ri” operasiyasi haqida xabar topganimda “Ular Putinga Ukraina shaharlarini bombardimon qilishi uchun bahona berishdi, endi Rossiya javob zarbasini beradi”, deb o‘ylagandim", – dedi Qo‘shma Shtatlar prezidenti Rossiyaning Kiyevga uyushtirgan kuchli hujumiga izoh berar ekan.
Tramp, shuningdek, urush yadroviy mojaroga aylanib ketmasligiga hamda Rossiya Ukraina bilan muzokaralarni to‘xtatmasligiga umid qilayotganini ta’kidladi.
Bundan tashqari, Tramp AQSh Senatida ishlab chiqilgan Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar loyihasini “juda kuchli” deb atadi, biroq Vashington bu sanksiyalarni “zarurat tug‘ilganda” qo‘llashini va tegishli qarorni shaxsan u qabul qilishini bildirdi. Shu bilan birga, Tramp bu yangi sanksiyalarni qo‘llab-quvvatlayotlashiga aniqlik kiritishdan bosh tortdi.
Qo‘shma Shtatlar yetakchisi, shuningdek, Ilon Mask bilan tuzilgan mavjud davlat shartnomalari va berilgan subsidiyalar to‘liq qayta ko‘rib chiqilishini ma’lum qildi.