Bugun 27 aprel, 2026 yil, dushanba

КИР

Tramp Ukraina mojarosiga barham berishga erishish mumkinligiga ishonishini ma’lum qildi

Tramp Ukraina mojarosiga barham berishga erishish mumkinligiga ishonishini ma’lum qildi

Donald Tramp Ukraina mojarosiga barham berishga erishish mumkinligiga ishonishini ma’lum qildi.

"Biz Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi vaziyat ustida ishlayapmiz. Umid qilamanki, biz bunga erishamiz", — dedi Oq uy rahbari Fox News telekanaliga bergan intervyusida.

AQSh prezidentining so‘zlariga ko‘ra, u rossiyalik hamkasbi Vladimir Putin bilan muloqot qilib kelmoqda. Ammo Tramp Putin vilan so‘nggi suhbati sanasini ochiqlamadi.

"Men Putin bilan so‘nggi suhbat qanday bo‘lganini oshkor qilishni xohlamayman, lekin men u bilan gaplashyapman qilyapman va Zelenskiy bilan ham muloqot qilyapman. Men sakkizta urushni hal qildim. Bu urush, nazarimda, eng osoni bo‘lishi kerak edi. Biz Rossiya va Ukraina bilan bog‘liq vaziyat ustida ishlayapmiz va umid qilamanki, buni hal qilamiz", — dedi AQSh prezidenti.

Kiritildi: 23:35 26.04.2026. O'qildi: 334 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!