Bugun 26 noyabr, 2025 yil, chorshanba

КИР

Tramp: "Ukraina kelishuvi uchun aniq muddat yo‘q"

Tramp: "Ukraina kelishuvi uchun aniq muddat yo‘q"

AQSh prezidenti Donald Tramp Ukraina urushini hal qilish bo‘yicha kelishuvga erishish uchun qattiq muddat yo‘qligini aytdi.

Bu haqda Amerika yetakchisi ma’lum qildi.

"Mening muddatim qanchaligini bilasizmi? Qachonki bu urush tugaydi", dedi u jurnalistlarning AQSh tinchlik rejasi shartlariga rozi bo‘lish uchun avvalroq belgilagan 27 noyabr muddati haqidagi savollariga javob berar ekan.

Tramp, shuningdek, Vashingtonning Yevropadagi ittifoqchilari Kiyev uchun xavfsizlik kafolatlarini ta’minlashda faol rol o‘ynashini ta’kidladi.

"Evropa bu ishda jiddiy ishtirok etadi. Biz bu borada Yevropa bilan ishlayapmiz", dedi u Ukraina mojarosini hal qilishda xavfsizlik kafolatlari qanday muhokama qilinishi haqidagi savolga javob berar ekan. "Evropa haqiqatan ham buning tugashini xohlaydi."

Kiritildi: Bugun 11:45. O'qildi: 342 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!