AQSh prezidenti Donald Tramp Ukrainadagi mojaroni hal qilishda erishilgan yutuqlarni sharhlab, hammasi yaxshi ketayotganini aytdi, deb yozmoqda RIA Novosti.
"Nima bo‘lishini ko‘ramiz, lekin menimcha, ishlar yaxshi ketmoqda", — dedi u jurnalistlarga.
Amerika yetakchisining qo‘shimcha qilishicha, bu boradagi yangilik “tez orada” kutilmoqda.
“Bir lahza borki, siz buni isbotlashingiz yoki indamasligingiz kerak”, — dedi Tramp.
Saylov kampaniyasi davomida Tramp Ukrainadagi inqirozni bir kunda hal qila olishini aytgan edi. Keyinroq Oq uy rahbari respublikaning 2014 yilgi chegaralariga qaytishi dargumon deb hisoblaganini tan olib, uning maqsadi har ikki tomon uchun foydali shartlar asosida mojaroga barham berish ekanini qo‘shimcha qildi.