AQSh prezidenti Donald Trampning so‘zlariga ko‘ra, Stiv Uitkoff chorshanba kuni Moskvada rossiyalik vakillar bilan muzokaralar olib boradi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, muzokaralar yakuniga ko‘ra Rossiyaga nisbatan keyingi harakatlar bo‘yicha qaror qabul qilinadi.
"Chorshanba kuni bizda Rossiya bilan uchrashuv bo‘ladi. Keyin nima bo‘lishini ko‘ramiz", — dedi Tramp.
AFP agentligining Vashingtondagi manbasi Uitkoffning tashrifi haqida xabar bergan bo‘lsa-da, Rossiya prezidenti Vladimir Putin uchrashuvda ishtirok etishi yoki etmasligi borasida aniqlik kiritmagan.
Avvalroq Tramp Rossiyaga Ukraina bo‘yicha sulhga rozi bo‘lishi uchun ultimatum qo‘ygan va aks holda yangi sanksiyalar joriy etilishini va’da qilgan edi. Bu ultimatumning muddati 8 avgust, juma kuni yakunlanadi.