Bugun 4 oktyabr, 2026 yil, yakshanba

КИР

Tramp: "Turkiyaga qarshi sanksiyalarni bekor qilish bilan bog‘liq hech qanday muammo yo‘q"

Tramp: "Turkiyaga qarshi sanksiyalarni bekor qilish bilan bog‘liq hech qanday muammo yo‘q"

AQSh prezidenti Donald Tramp CAATSA (Amerikaning dushmanlariga sanksiyalar orqali qarshi kurashish to‘g‘risidagi qonun) bo‘yicha Turkiyaga qo‘yilgan sanksiyalarni bekor qilishda hech qanday muammo yo‘qligini aytdi.

Oq uy rahbari bu bayonotni CNN Türk bilan suhbatda ma’lum qildi.

"CAATSA bilan hech qanday muammo yo‘q. Men Turkiyani yaxshi ko‘raman. Turkiya prezidenti Erdo‘g‘on mening do‘stim. Men har doim Erdo‘g‘onni xursand qiladigan ishni qilaman", dedi Tramp.

Eslatib o‘tamiz, Tramp 7 iyul kuni Anqarada Erdo‘g‘on bilan uchrashuvida Turkiyaga qarshi sanksiyalarning bekor qilinishini e’lon qilgan edi.

Kiritildi: 07:30 03.10.2026. O'qildi: 632 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!