AQShning sobiq prezidenti Donald Tramp Impaulsive YouTube kanaliga bergan intervyusida sun’iy intellekt rivojlanishining jadal sur’atlaridan qo‘rqishini va bu texnologiya o‘z xodimlaridan ko‘ra tezroq va yaxshiroq nutqlar yozishni yengishini aytdi.
«Men hech qachon bunday narsani ko‘rmaganman. Hamma narsa juda tez, tom ma’noda bir necha daqiqada tayyor bo‘ldi. Bu qo‘rqinchli», dedi Tramp.
Uning so‘zlariga ko‘ra, bunday tajribani unga sun’iy intellekt sohasidagi «ajoyib odamlardan biri» taklif qilgan.
Tramp suhbatdoshi «bir necha marta kompyuter sichqonchasini bosganini» va tez orada unga «ajoyib nutq tayyor bo‘lganini» ta’kidladi.