Bugun 14 iyul, 2025 yil, dushanba

КИР

Tramp sobiq raqibi Ron Desantis nomzodini Pentagon rahbari lavozimiga ko‘rib chiqmoqda — The Wall Street Journal

A A A
 Tramp sobiq raqibi Ron Desantis nomzodini Pentagon rahbari lavozimiga ko‘rib chiqmoqda — The Wall Street Journal

Nashrning manbalariga tayanib yozishicha, Florida shtati gubernatori Ron Desantis Trampning o‘tish jamoasi tomonidan mudofaa vaziri lavozimi uchun taklif etilgan nomzodlarning dastlabki ro‘yxatiga kiritilgan. Ammo saylangan prezident oxir-oqibat Fox News telekanali boshlovchisi Pit Hegsetni tanlashga qaror qilgan.

Hozirda Mudofaa vaziri lavozimi uchun nomzodlar ro‘yxati qayta ko‘rib chiqilmoqda, chunki AQSh Senati jinsiy zo‘ravonlik ayblovlari tufayli Hegsetning nomzodini tasdiqlamasligi mumkin. Shu sababli Ron Desantis AQShning yangi ma’muriyatida Pentagon rahbari etib tayinlanishi mumkin.

Kiritildi: 00:21 05.12.2024. O'qildi: 651 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!