AQSh prezidenti Donald Tramp kongressmen Marjori Teylor Grinni Respublikachilar partiyasiga xiyonatda aybladi. Truth Social ijtimoiy tarmog‘ida Amerika yetakchisi siyosiy qarashlari o‘zgargani sababli sobiq ittifoqchisiga keskin munosabat bildirdi.
"Butun Respublika partiyasiga xiyonat qildi, (siyosiy jihatdan - tahr.) chapga surildi. Shunchaki navbatdagi soxta siyosatchi," deb yozgan Tramp.
Avvalroq Grin Trampni Suriya prezidenti Ahmad ash-Shara’a bilan yuzma-yuz uchrashgani uchun tanqid qilgandi.