AQShning Ikkinchi jahon urushidan keyingi asosiy ittifoqchilari savdo siyosatidan norozi bo‘lib, muqobil bozorlar izlash jarayonida Xitoy bilan aloqalarni yaqinlashtirish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda The Wall Street Journal xabar berdi.
Nashrga ko‘ra, Tramp ma’muriyatining savdo cheklovlari va tariflari ko‘plab mamlakatlarni AQShdan tashqari yangi iqtisodiy hamkorlar qidirishga undagan. Natijada Yevropa va Osiyodagi bir qator an’anaviy amerikalik ittifoqchilar Pekin bilan savdo va investisiya aloqalarini kengaytirishga intilayapti.
Mutaxassislar bu tendensiya global savdo tizimida AQSh ta’sirining nisbiy kamayishi va Xitoyning iqtisodiy nufuzi kuchayishidan dalolat berishi mumkinligini qayd etmoqda.