Bugun 14 may, 2026 yil, payshanba

КИР

BAA Eronga yashirin zarbalar bermoqda

BAA Eronga yashirin zarbalar bermoqda

Birlashgan Arab Amirliklari AQSh va Isroilning Eronga qarshi urushi davomida eron ob’ektlariga maxfiy zarbalar bermoqda. Bu haqda The Wall Street Journal 11 may, dushanba kuni e’lon qilingan maqolasida xabar berdi.

WSJ manbasining aytishicha, zarbalardan biri aprel oyi boshida Basra ko‘rfazidagi Eronning Lavan orolida joylashgan neftni qayta ishlash zavodiga berilgan. Hujum AQSh prezidenti Donald Tramp o‘t ochishni to‘xtatish haqida e’lon qilishga tayyorlanayotgan vaqtda amalga oshirilgan. Zarba natijasida NQIZda yong‘in chiqqan va u ishdan chiqqan.

Maqola mualliflari eslatishicha, shundan so‘ng Eron javob tariqasida BAAdagi nishonlarga ballistik raketalar va dronlar bilan bir qator hujumlar uyushtirgan. Shu bilan birga, Vashington arab davlatining Fors ko‘rfazidagi urushga qo‘shilishini “jimgina olqishlagan”.

Maqolada qayd etilishicha, Eron BAAga 2800 ta ballistik raketa va dron zarbasini yo‘llagan. Bu Isroil va ko‘rfazdagi boshqa har qanday davlatga nisbatan ko‘proq hisoblanadi.

Hujumlar Amirliklar iqtisodiyotiga jiddiy zarar yetkazgan. Kompaniyalarda ommaviy ishdan bo‘shatishlar va maoshsiz ta’tilga chiqarishlar kuzatilgan. Shuningdek, BAA amaldorlaridan birining so‘zlariga ko‘ra, Eronga nisbatan strategik munosabat tubdan o‘zgargan — endi u mamlakatning ijtimoiy va iqtisodiy modelini izdan chiqarishga intilayotgan “yovuz kuch” sifatida qabul qilinmoqda.

Shu bilan birga, BAA Tashqi ishlar vazirligi Eronga berilgan zarbalarga izoh berishdan bosh tortgan, ammo Abu-Dabining dushmanona harakatlarga javob qaytarish huquqi haqidagi avvalgi bayonotlariga ishora qilgan.

Kiritildi: Bugun 09:28. O'qildi: 438 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!