Pokiston poytaxti Islomobodda bo‘lib o‘tgan AQSH-Eron muzokaralari davomida AQSh vise-prezidenti Jey Di Vens ikkita asosiy talabni ilgari surdi.
Bu haqda Eron parlamentining Milliy xavfsizlik va tashqi siyosat qo‘mitasi raisining o‘rinbosari Mahmud Nabavian ma’lum qildi.
"Birinchi uchrashuvda Jey Di Vens AQShning Erondan ikkita asosiy talabi borligini aytdi: birinchisi - Hormuz bo‘g‘ozini to‘liq ochish, ikkinchisi - Erondan 60 foizgacha boyitilgan barcha materiallarni (uran) olib chiqish", deb ta’kidladi Nabavian.
Uning so‘zlariga ko‘ra, AQSh tomoni Hormuz bo‘g‘ozi va boyitilgan uranni olib tashlash masalalarini takrorlashdan tashqari, agar Tehron hamkorlik qilsa, muzlatilgan Eron aktivlarining 6 milliard dollarini blokdan chiqarishni taklif qildi.
Eron muzokara guruhi a’zosi shuningdek, AQSh prezidenti Donald Tramp bilan telefon orqali suhbatdan so‘ng Vans Amerika rejasi asosida muzokaralarni davom ettirishni taklif qilganini va Muhammad Bag‘ir G‘olibaf bu taklifni ko‘rib chiqishga rozi bo‘lganini xabar qildi.
"Ikki tomonning pozisiyalari yaqinlashgandan so‘ng, Vens kutilmaganda Tramp bu kelishuvni qabul qilmasligini e’lon qildi", deb qo‘shimcha qildi u.